TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov vafoti yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishi bo‘yicha barcha tergov ishlarni tugatdi. Bu haqda Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Murodjon Sodiqov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ish ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi. Lekin prokuratura xodimi tergov ishida nechta odamlar ko‘rib chiqilganligi va ish sudda qachon ko‘rib chiqilishi bo‘yicha izoh bermadi. Bundan tashqari, ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni ochiq yoki yopiq tarzda o‘tishi ham hozircha noma’lum bo‘lib to‘ribti.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 3-may kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999-yilda tug‘ilgan Ibragimov Jasurbek Maxammadjon o‘g‘li tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan jarohatlari natijasida 2017-yil 1-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan edi.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari O‘zbekiston Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olingan edi.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. To‘plangan dalillar majmui asosida I.Tulaganov ayblanuvchi sifatida jalb qilindi va unga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi.