TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Shakar odamlarda ko‘nikish hosil qiladi va kokain moddasiga o‘shab, narkotik vosita hisoblanadi, deb xabar qilmoqda The Guardian.
AQShdagi Sent-Lyuka instituti va Lahey Health nodavlat tashkilotining olimlari saxaroza uglevodini iste’mol qilish ta’siri kokain ta’siriga tengdir, degan bayonot bilan chiqdilar.
Olimlar kemiruvchilar ustidan tajriba o‘tkazib, shunday xulosaga kelishgan.
Xabarda aytilishicha, kemiruvchilarga narkotik va shakar berilganida, jonivorlar ko‘proq shakarni tanlagan.
Ammo olimlarning bu ta’kidi boshqa olimlar orasida munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Kembrij universitetining ruhshunosi Xisham Ziyouddin maqola mualliflari tadqiqot natijalarini noto‘g‘ri talqin qilishgan, degan fikrni bildirmoqda.
Ziyouddin o‘zi olib borgan tadqiqot shakar narkotik emasligini isbotlashini qo‘shimcha qilgan.