O‘zbekistonliklar kartasidagi valyutani xorijdagi kartaga o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijiy davlatlardagi yaqinlariga naqd pul jo‘nata olmayotgan ko‘plab fuqarolarning murojaatlarini e’tiborga olgan holda mazkur xizmat joriy etiladi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin kunlarda konversion kartalardan chet elga valyuta o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov bugun bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi uznews.uz.

Dollar - Sputnik O‘zbekiston
Banklarda valyuta ayirboshlash shoxobchalari kech 22.00ga qadar ishlaydi

Xorijiy davlatlardagi yaqinlariga naqd pul jo‘nata olmayotgan ko‘plab fuqarolarning murojaatlarini e’tiborga olgan holda mazkur xizmat joriy etiladi.

Bank mijozlari konversion kartalardagi mablag‘larni bir-biriga yoki chet davlatdagi konversion kartaga jo‘natishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya ochilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-sentabrdan buyon tijorat banklarida jismoniy shaxslar tomonidan jami 200 mln dollar miqdorida mablag‘ almashtirilgan, yuridik shaxslar esa ushbu davr mobaynida 100 mln dollarga yaqin mablag‘ almashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0