Markaziy bank vakili naqd dollar qachondan sotilishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala kun tartibida turibdi va bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda bir necha oydan so‘ng aholiga dollarni naqd ko‘rinishda sotish boshlanishi rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi bugun bo‘lib o‘tgan brifing davomida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala kun tartibida turibdi va bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

"Aniq muddat hozircha yo‘q, lekin bu albatta bo‘ladi. Bir necha oydan keyin bo‘ladi deb o‘ylayman, buning aniq muddati kelgusi vaziyatga bog‘liq. Biz barcha ishlarni boshlashdan oldin yetti o‘lchab, bir kes tamoyiliga amal qilganmiz. Bularning bari iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadi va shu bois biz alohida shaxsga emas, butun iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatishidan kelib chiqib ish ko‘ramiz", — dedi Markaziy bank vakili.

Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy banki filiali valyuta ayriboshlash shoxobchasida banknotalarni sanayotgan ayol - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta erkinligining ilk natijalari yoxud qaydasan, dollar?

Ishmetovning qayd etishicha, valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha farmon tayyorlanishiga bir yil ketgan va bo‘lajak o‘zgarishlar borasida butun iqtisodiy blok yakdil fikrga kelganidan keyingina jarayonni boshlashga qaror qilingan.

"Farmon biz taxmin qilganimizdan ko‘ra ancha ertaroq chiqdi. Biroq hozirda barchasi bosqichma-bosqich, hisob-kitoblarga asosan bormoqda, taxminlarimiz amalga oshmoqda, bu bizni quvontiradi va kelgusi harakatlarni tezroq amalga oshirishga asos bo‘ladi", — ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan boshlab rezident jismoniy shaxslar almashtirish punktlarida valyutani chegaralanmagan miqdorda sotish huquqiga ega bo‘ldilar. Valyuta sotib olish esa tijorat banklarining konversion bo‘limlarida xalqaro to‘lov kartalariga tushirish orqali amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0