TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent viloyat sudi ikki kishi qotilligi bilan bog‘liq shov-shuvli ishni ko‘rib chiqib, yakuniy xulosani e’lon qildi. Hodisa aprel oyida Toshkent viloyatida ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Mahkamov jinoyatni oldindan rejalashtirgan bo‘lgan. 15-aprel kuni u oshxona pichog‘i bilan qurollangan va xonadon egasi hamda uning rafiqasini o‘ta shavqatsiz usulda o‘ldirgan. Shundan so‘ng u qotillik qurboni bo‘lgan fuqarolarga tegishli 82 ming dollar va 7 million so‘mni, shuningdek umumiy qiymati 18 million so‘m bo‘lgan turli buyumlarni uydan olib chiqib ketgan. Qotil marhumlarga tegishli "Sprak" mashinasiga minib hodisa joyidan g‘oyib bo‘lgan", — deya xabar qilishgan Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot-xizmatida.
Mahkamov oradan ikki kun o‘tgach tegishli ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Sud jinoyatchiga umrbod qamoq jazosini tayinlagan.