Andijondagi "Jahon" buyum bozorida o‘g‘irlik qilgan ayollar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Ayollardan iborat jinoiy guruh ikki tadbirkorning umumiy narxi 280 ming so‘mlik 7 juft bolalar oyoq kiyimi va umumiy narxi 290 ming so‘mlik 2 dona ayollar sumkalarini o‘g‘irlashadi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati ayollardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olingani to‘g‘risida axborot berdi.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
MXX O‘zbekistonni noqonuniy valyutafurushlardan tozalayapti
Xabarda aytilishicha, Buloqboshi tumani Farog‘at ko‘chasida yashovchi M.A. ismli ayol, uning qizi hamda dugonasi D.M.lar Andijon shahridagi "Jahon" buyum bozorida o‘g‘rilik qilishni rejalashtirishadi.

Ushbu bozorda savdo qilayotgan ikki tadbirkorning umumiy narxi 280 ming so‘mlik 7 juft bolalar oyoq kiyimi va umumiy narxi 290 ming so‘mlik 2 dona ayollar sumkalarini o‘g‘irlashadi. Biroq ular uzoqqa borishmadi.

Ayollardan iborat jinoiy guruh a’zolaridan biriga tegishli "Spark" rusumli avtomashinaga yuklayotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlandilar.

Yangiliklar lentasi
0