Dunyoning eng "nomehmondo‘st" davlatlari ro‘yxati tuzildi

© Sputnik / Alexander Grashenkov / Mediabankka o‘tishVid goroda Kabul
Vid goroda Kabul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu davlatlarda vizasiz kirish tartibi to‘g‘risidagi bitimlar umuman yo‘q

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Passport Index portali eng "nomehmondo‘st" davlatlar reytingini tuzdi. Ushbu reytingning ilk pog‘onasidan Afg‘oniston, KXDR, Somali, Suriya va Turkmaniston o‘rin olgan. Chunki bu davlatlarda vizasiz kirish tartibi haqida bitimlar umuman yo‘q, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Mavzoley Islama Karimova v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasida hamkorlik qilish yo‘l haritasi tayyorlanadi

Reytingning ikkinchi qatorini — Angola egalladi. Ushbu davlatda faqat namibiyalik sayyohlar uchun vizasiz kirish huquqi berilgan.

Uchinchi pog‘onadan — Butan, Ekvator Gvineyasi, Eritreya, Iroq va Liviya davlatlari o‘rin oldi. Ushbu davlatlarda faqatgina 3 ta davlatlardan sayohatchilarga vizasiz kirish tartibi joriy etilgan.

42 ta davlatlar bilan vizasiz kirish tartibi joriy etilgan Rossiya reytingda 83-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston (54 ta davlat bilan vizasiz kirish tartibi joriy etilgan) reytingda 148-o‘rinda.

Ushbu ro‘yxat jami 198 ta davlatlar haqidagi ma’lumot asosida tuzilgan.

Undan oldin Passport Index portali eng mehmondo‘st bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tuzgan edi. Ushbu reytingning dastlabki pog‘onasiga Komors orollari, Kot-d-Ivuar, Gvineya-Bisau, Madagaskar, Maldiv kiritildi. Bu davlatlarga kirishda hech qanday to‘siqlar qo‘yilmagan.

Yangiliklar lentasi
0