Jinoyat quroli sifatida foydalanilgan mulkni musodara qilish taqiqlanishi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v rayonnom sude
Molotok sudi v rayonnom sude - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasiga asosan jinoyat qurollari kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinadi va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan jinoyat sodir qilishda ishtirok etmagan shaxsning jinoyat quroli sifatida foydalanilgan mulkini musodara qilishni taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihaga asosan endilikda faqatgina sodir etilgan jinoyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxsga tegishli jinoyat qurollarini musodara qilish lozim bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning xususiy mulki bo‘lmagan mulkni musodara qilish ham taqiqlanmoqda.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
IIBB fohishaxona sifatida foydalanilgan xonadonlar musodara qilinishiga izoh berdi

Bugungi kunda Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasiga asosan jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinadi va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilinadi.

Ushbu qoidadan kelib chiqib, mulkdorlar jinoyat sodir etishda qatnashmagan, ishtirokchi, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkum bo‘lmaganligidan qat’i nazar, ularning mulki bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinadi.

Shu sababli hozirgi kunda amaliyotda mol-mulk egalarining sodir qilingan jinoyatga daxli bo‘lmaganligi, mulk ijaraga berilganligi yoki tashkilotning xizmatda foydalanish lozim bo‘lgan mulkidan jinoyat sodir qilishda foydalanilganligi kabi holatlar inobatga olinmasdan, mulkdorlar mulk huquqidan mahrum etilmoqda.

Shu munosabat bilan loyiha xususiy mulk kafolatlarini ta’minlashga hamda mulk huquqini himoya qilishni kuchaytirishga, xususan jinoyat ishtirokchisi bo‘lmagan shaxslarning jinoyat sodir etishda foydalanilgan mol-mulkini musodara qilishning oldini olishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyiha Hukumatda ma’qullanib, hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0