Mirziyoyev va Tramp BMTning Bosh Assambleyasida ilk bor nutq so‘zlaydilar

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp
Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Bosh Assambleya joriy yilning 19-25 sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Bosh Assambleyasida ilk bor umumiy siyosiy muzokaralarda ishtirok etadilar. Podrobno.uz xabariga asosan.

O‘zbekistondagi sayyohlik stendi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sayyohlik salohiyati BMT e’tiborida

19 sentabr kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va sessiya raisi Miroslav Laychakning chiqishlari orqali muzokaralarga start beriladi. Taxminlarga ko‘ra, muzokaralarning birinchi kunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh prezidenti Donald Tramp chiqish qiladilar. Shuningdek, Armaniston, Boliviya, Afg‘oniston, Braziliya, Isroil, Polsha, Fransiya va boshqa davlat rahbarlari ham nutq so‘zlaydilar.

BMT Bosh Assambleyasi ishi 25-sentabrga qadar davom etadi. Forum dastlabki rejasiga ko‘ra, 21-sentabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov nutq so‘zlaydi.

Bosh Assambleyaning so‘ngi kunida Shimoliy Koreya va Suriya tashqi ishlar vazirlari chiqishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasi — bu umumiy siyosiy muzokaralar o‘tkaziladigan xalqaro forum hisoblanadi va Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida o‘tkaziladi. Xalqaro siyosiy anjuman davomida BMTga a’zo davlatlar delegatsiya rahbarlari minbardan dunyo hamjamiyati oldida turgan asosiy xavf-xatarlar, xalqaro va mintaqaviy inqirozlar xususida o‘z fikrlarini bildiradilar.

Yangiliklar lentasi
0