TOShKENT, 11-iyun — Sputniik. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Orol dengizining qurib qolgan qismini vertolotda tomosha qilgach, uni insoniyat tomonidan sodir etilgan barbodlik ramzi deb atadi, va dunyo yetakchilarini bu kabi fojiani sodir etmaslikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, butunjahon tashkiloti rahbari 8dan 13-iyun sanasiga qadar Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bo‘ylab turneni amalga oshirmoqda.The tragedy of the Aral Sea is a warning to all — we must care for our environment because our lives depend on it. https://t.co/FFBHQESKyz pic.twitter.com/Fu0yoUcRGR
— António Guterres (@antonioguterres) 10 iyunya 2017 g.
"Qachonlardir yopiq dengizlar orasida kattalik jihatdan to‘rtinchi o‘rinda turgan, bugungi kunga kelib esa deyarli qurib bitgan Orol dengiziga sayohat meni qattiq larzaga soldi. Ehtimol, bu davrimizning eng yirik ekologik fojiasidir", — deyilgan BMT Bosh kotibining Mo‘ynoqqa safaridan so‘ng qilgan bayonotida.
Sal oldinroq Guterresh Samarqand shahrini ziyorat qilib, mahallalardagi aholi bilan suhbatlashgan va bu shaharda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama qilingan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.