TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Avtomobilga xaridorgir raqamlarni birja auksion orqali, eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdoridagi mablag‘ga sotib olish mumkin. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot-xizmati xabar qildi.
Xabarga asosan, jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini to‘lov stavkalari bo‘yicha respublika budjetiga to‘liq eng kam oylik ish haqining 150 baravari miqdoridagi mablag‘ni to‘liq hajmda o‘tkazish yo‘li bilan sotib olsa bo‘ladi.
Eng kam oylik ish haqi O‘zbekistonda — 149 ming 775 so‘mni tashkil qiladi.
Tashkilotchilar fikriga ko‘ra, "chiroyli" avtomobil raqamlarini onlayn-auksionlarda sotuvi natijasida 380 mlrd so‘m foyda ko‘rish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan auksionga qo‘yilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtoraqam.uzex.uz saytidan olish mumkin.