Jamiyat

Davlat "chiroyli" avtoraqamlar savdosidan 380 milliard soʻm foyda koʻrishi mumkin

© Sputnik / Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shu yil yakuniga qadar onlayn-auktsion savdolarda 18 ming dona avtomashina raqamlarini sotish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekiston tovar xomashyo birjasi "chiroyli" avtomobil raqamlarini onlayn-auktsionlarda sotuvi natijasida 380 mlrd soʻm foyda koʻrish rejalashtirilgan. Bu haqda RIA Novosti OʻzRTXB savdolarni tashkil etish direktori Aziz Abdugʻaniyevga tayangan holda xabar berdi.

Vыdacha novыx nomernыx znakov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "chiroyli" avtoraqamlarni sotish boʻyicha onlayn-auktsionlar ochildi

Avtomobil raqamlarining savdosi 5 sentyabr kuni yangi maxsus birja savdo platformasida yoʻlga qoʻyildi. Onlayn-auktsionda barcha istak bildirganlar qatnashishi mumkin.

Bugungi kunda Toshkent IIV YHXBB tomonidan auktsionga 70 ga yaqin har xil turdagi raqamlar qoʻyilgan. Avtomobil raqamlarining narxi 5,2 million soʻmdan boshlanadi. Onlayn-tizimida 500 mingdan ortiq foydalanuvchilar roʻyxatga olingan.

Dastlabki ikki kun ichida birja saytiga 17 ming kishi tashrif buyurdi. Hozirgi kunda avtoraqamlarga 9 ta buyurtma mavjud.

Shu yil yakuniga qadar onlayn-auktsion savdolarda 18 ming dona avtomobil raqamini sotish rejalashtirilgan.

Avtoraqamlarning savdolarga qoʻyilishi Oʻzbekiston IIV YHXBB boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0