TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Ukraina chegarachilari bugun Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashviliga davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishi haqida bayonnoma taqdim etdi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, Saakashvili 10-sentabr kuni tarafdorlari ko‘magida Polshadan Ukrainaga chegarachilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasidan chegarani "yorib" o‘tgan edi.
Ukraina davlat chegara xizmati boshlig‘i yordamchisi Oleg Slobodan so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili Ukraina chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tdi. Chunki u chegara nazoratidan o‘tmagan. Chegarani noqonuniy kesib o‘tish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ukraina chegara xizmati matbuot xizmatiga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvlarda 10 ta chegarachi va 12 ta politsiya xodimi jarohatlandi.