TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko sobiq Gruziya prezidenti va Odessa gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina davlat chegarasini kesib o‘tishi holatini qoibuzarlik deb atab, bunga aybdor bo‘lgan shaxslar huquqiy javobgarlikka belgilanishi kerakligi ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga ko‘ra.
Ukraina fuqaroligidan mahrum bo‘lgan Saakashvili yakshanba kuni kechqurun o‘z tarafdorlari ko‘magida Polshadan Ukrainaga chegarachi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasidan "Shegini" chegara punktidan "yorib" o‘tdi.
Ukraina davlat chegara xizmati boshlig‘i yordamchisi Oleg Slobodan so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili Ukraina chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tdi. Chunki u chegara nazoratidan o‘tmagan. Chegarani noqonuniy kesib o‘tish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ukraina chegara xizmati matbuot xizmatiga ko‘ra, chegaradagi to‘qnashuvlarda 10 ta chegarachilar va 12 ta politsiya xodimlari jarohatlandi.
"Jinoyat sodir bo‘ldi, chunki davlat chegarasini daxlsizligi haqida konstitutsiyaviy tamoyil mavjud. Bu davlat milliy xavfsizligi masalasidir. Menga farqi yo‘q — kim davlat chegarasini buzadi, hoh janubdan terrorchilar bo‘lsin, hoh g‘arbdan siyosatchilar bo‘lsin. Bunga aniq huquqiy javobgarlik bo‘lishi kerak", — deb ta’kidladi Poroshenko.
Shuningdek, Poroshenko Saakashvilini fuqarolikdan mahrum etish bo‘yicha sudning istalgan qarorini bajarishini ma’lum qildi.