TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekistonda onlayn savdo orqali sotiladigan avtoraqamlarning narxi nafaqat toifasiga qarab, balki hudud bo‘yicha ham farq qiladi. Bu haqda nuz.uz xabar qildi.
Vazirlar Mahkamasi onlayn-auksionlarda "chiroyli" nomerlarni sotishni tartibga soluvchi qaror loyihasini tayyorlashda aholi ehtiyoji va xalqaro tajriba o‘rganib chiqildi.
"Onlay savdolarni boshlashdan odin biz barcha viloyatlarda xarid qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdik. Shuningdek, xalqaro va qo‘shni davlatlarning tajribalarini tahlil qildik. Natijada Toshkent shahrida va viloyatlarda avtoraqam xarid qilish imkoniyatlari sezilarli farq qilishi ma’lum bo‘ldi", — deb ta’kidladi Toshkent IIBB matbuot xizmati boshlig‘i Akmal Yunusov.
Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar uchun alohida avtoraqamlar narxlarini tasdiqlash zarur deb qaror qilindi.
Bugungi kunda onlayn-savdolarga 400 ga yaqin uch toifadagi barcha respublika hududi bo‘yicha avtoraqamlar qo‘yilgan.
O‘zRTXB vakillari ma’lumotiga ko‘ra, auksion savdolarga 18 ming dona avtoraqamlar qo‘yish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avtomobil raqamlarining savdosi 5-sentabr kuni yangi maxsus birja savdo platformasida boshlangan edi. Tashkilotchilar "chiroyli" avtomobil raqamlarini onlayn-auksionlarda sotuvi natijasida 380 mlrd so‘m foyda ko‘rish rejalashtirganlar.
Avtoraqamlarning savdolarga qo‘yilishi O‘zbekiston IIV YHXBB bo‘linmalarining mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.