Qozog‘iston MXQ sobiq rahbari 7,5 yilga qamaldi

© Foto: Ofitsialniy sayt KNB RKNartay Dutbayev
Nartay Dutbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Dutbayev sud hukmi bilan "general leytenant" harbiy unvon va davlat mukofotlaridan mahrum etiladi

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Nartay Dutbayev davlat sirlarini oshkor etish bo‘yicha sud tomonidan aybdor deb topildi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Musulmonlar - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: islomiy jamiyat murakkab sinovlarga duch kelmoqda

Sud jarayoni Akmola harbiy garnizon sudida yopiq tarzda o‘tdi. Sud hukmi 24-avgustda chiqarilgan va 11-sentabr kuni ma’lum qilindi.

Sud hukmiga asosan Dutbayev davlat sirlarini oshkor etishda va xizmat vakolatlari suiste’mol qilishda aybdor deb topildi. Unga 7-yilu 6 oy ozodlikdan mahrum etish va umrbod davlat xizmatiga ishga kirish huquqidan mahrum etish jazosi qo‘llanildi. Shuningdek, Dutbayevni "general leytenant" va davlat mukofotlaridan mahrum etish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

Dutbayev bilan birga yana 3 ta shaxs sudlandi. Ular ham ozodlikdan mahrum etish jazolari qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, Nartay Dutbav 2001-2006 yillarda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasiga rahbarlik qilgan. Siyosatchi Altinbek Sarsenbayevni o‘g‘irlab ketilishi holatiga maxsus xizmat xodimlari aloqadorligi ia’lum bo‘lgandan so‘ng Dutbayev is’tefoga chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0