O‘zbekistonda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog‘i ish faoliyatini boshlashi mumkin

© INDRANIL MUKHERJEE / AFPPokupateli v supermarkete "Big Bazaar" v Mumbai
Pokupateli v supermarkete Big Bazaar v Mumbai - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda giper va supermarketlarni qurilishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan edi

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Kelgusi yillarda Hindistonning yirik gipermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonda o‘z ish faoliyatini boshlashi mumkin. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Interyer moskovskogo restorana PLOV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mevalari Rossiyaning eng qimmat restoranlari menyusidan o‘rin oladi

Shu kunlarda Hindistonning Future Group rahbar o‘rinbosari Eshli Rajan ishtirokidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ushbu yirik korporatsiya tarkibiga dunyoda mashhur bo‘lgan 14 tadan ortiq gipermarketlar, Big Bazaar, Food Bazaar, EasyDay, Central, FoodHall tarmoqlari kiradi. Kompaniya Hindistonning 240 ta yirik shaharlarida 2,5 ming dona gipermarketlar, 30 ming dona mayda savdo nuqtalarini nazorat qiladi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Tashqi savdo vazirligida ikkitomonlama muzokaralar o‘tkazdilar. Unda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning dukkakli mahsulotlarini va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni eksport qilishni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishuvlar o‘tkazildi.

Tashqi savdo vazirligining matbuot-xizmati ma’lum qilishicha, hindistonlik mehmonlarda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha  hamkorlik loyihalari qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, Hindiston vakillari O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xabardor etildi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda giper va supermarketlarni qurilishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan edi. Xususan, 2019-yil yakuniga qadar dehqon bozorlarda zamonaviy savdoning barcha talablariga javob beradigan 9 ta uch qavatli gipermarketlar, 28 dona ikki qavatli supermarketlar, 126 ta bir qavatli supermarketlar va 79 ta minimarketlar, shuningdek, ularga tutash hududlarda avtomobil turargohlar barpo etish rejalashtirilgan. Barcha savdo majmualari avtomashinalar to‘xtash joylari bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0