TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. "Irma" dovuli Karib orollarida qurilgan uy joylarni toʻliq vayron qilib, keyingi hududlarga oʻtib ketmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, "Irma" oxirgi oʻn yillikda Atlantika okeanida hosil boʻlgan eng kuchli dovuldir. "Irma" dovuli Puerto-Riko, Gaiti va Kuba va Floridaning sharqiy qirgʻoqlarigacha yetib borishi tahmin qilinmoqda.
Dovul eng kuchli — beshinchi darajasiga yetdi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu dovul "Xarvi" dovulidan kuchliroqdir.
"Irma" frantsiyalik Antil oroli orqali harakatlanganda uning shamol tezligi — 300 km/s boʻlgan. Frantsiya Ichki ishlar vaziri Jerar Kolonning soʻzlariga koʻra, Sen-Marten va Sen-Bartelem orollarida 8 kishi halok boʻlgan va 23 kishi jarohatlangan.
Sen-Marten jamiyatining vakili Daniel Gibbs aytishicha, tabiiy ofat tufayli 95 foiz binolar vayron boʻldi. Shuningdek, taniqlik kurort Sen-Bartelem jiddiy talofat koʻrgan. Voqea joyida elektr energiya va telefon aloqa yoʻq.
Shu bilan birga, 1700 kishi istiqomat qilgan Barbuda orolidagi binolar toʻliq vayron boʻlgan. Barcha inshootlarni tiklash uchun qariyib 150 mln dollar zarur boʻladi.
Puerto-Rikoning yarim oroli elektr energiyasiz qolgan. Sal kam 50 ming kishi ichimlik suvidan mahrum boʻlgan. AQSH dovul milliy markazi bashoratlariga koʻra, "Irma" Terks va Kaykos orollariga yoʻl olgan. Juma kuniga kelib Floridaga yetib borishi mumkin. U yerda aholi evakutsiyasi boshlab yuborilgan.