Reyd: Samarqandda tungi barlarda behayo raqslarni namoyish etgan qizlar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida viloyatdagi tungi klublar bo‘yicha 700 dan ortiq, Samarqand shahri bo‘yicha esa 130 dan ziyod reyd o‘tkazilgan

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, turli jamoat tashkilotlari hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Camarqand shahridagi tungi klublarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Tadbir davomida shahardagi "Disco", "Jeyran" "Barxan", "Daimond Hall", "Sultan", "Cavalli", "Super xot-dog" kabi tungi barlarda qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Ayol oyoqlari - Sputnik O‘zbekiston
IIBB Qo‘yliq bozori atrofini fohishalardan tozaladi
Masalan, "Jeyran" klubida yengil tabiatli ayollar va o‘smir qizlar mehnatidan foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Yarim yalang‘och kiyingan bir guruh qizlar klubga tashrif buyurgan mijozlarga behayo raqslarni namoyish etish bilan shug‘ullanayotgan ekan.

"Oqdaryo tumanidanman, — deydi o‘zini Dilrabo deb tanishtirgan 20 yoshlar atrofidagi ayol. — Bu ish bilan bir yildan buyon shug‘ullanaman. Bir nafar farzandim bor. Onam og‘ir kasallikka chalingan, otam hech qayerda ishlamaydi. Shu ish orqali kuniga 40-50 ming so‘m topib, uydagilarni boqaman. Boshqa ishni qilay desam, ma’lumotim yo‘q".

Huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan tungi klublar egalariga nisbatan muayan choralar ko‘rish, tungi klublarning salbiy oqibatlari xususida tushunchalar berildi.

Abduimom Kamolov, Dilrabo Tangriberdiyeva, Durdona Karimova, Lola Axmedova kabi 11 nafar yoshlarning shaxsini aniqlash uchun ular ichki ishlar idoralariga olib kelindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida viloyatdagi tungi klublar bo‘yicha 700 dan ortiq, Samarqand shahri bo‘yicha esa 130 dan ziyod reyd o‘tkazilgan. Buning natijasida qoidabuzarliklar sezilarli darajada kamayishiga erishilgan.

Tadbir yakunida tungi barlardagi salbiy holatlarni bartaraf etish, joylardagi profilaktika inspektorlari hamda post patrul, soliq inspeksiyasi xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish, jamoatchilikning rolini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Yangiliklar lentasi
0