Oksana Chusovitina Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik gimnastchilarimiz Oksana Chusovitina, Anastasiya Serdukova, Sabina Toshkenboyeva va Nurinisso Usmonovalarni Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamlik o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklayman, deb xabar qoldirdi o‘zining Feysbukdagi sahifasida Lola Karimova-Tillayeva

TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash musobaqalarida Ozarbayjon, Indoneziya va Turkiyalik raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni ko‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

"O‘zbekistonlik gimnastchilarimiz Oksana Chusovitina, Anastasiya Serdukova, Sabina Toshkenboyeva va Nurinisso Usmonovalarni Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamlik o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlari bilan tabriklayman", deb xabar qoldirdi o‘zining Feysbukdagi sahifasida Lola Karimova-Tillayeva.

Badiiy gimnastika bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi Anastasiya Serdukova final bahslarining bulava bilan bajariladigan musobaqalarida oltin medalni, xalqa va koptok bilan bajariladigan musobaqalarda esa kumush medalni egalladi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati - Sputnik O‘zbekiston
Sportning eng tomoshabop turi - badiiy gimnastika

Sabina Toshkenboyeva ham O‘zbekiston sharafini himoya qilib, bulava va lenta bilan bajariladigan mashqlarning final bahslarida ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbek gimnastchilari jamoaviy bahslarda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, kumush medalini qo‘lga kiritdilar.

Eslatib o‘tamiz, Islom birdamlik o‘yinlari olimpiada o‘yinlari kabi 4-yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.

Uzbekskie sportsmeni v Baku - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sportchilar "Islom birdamlik o‘yinlari"ni g‘alaba bilan boshlashdi
Ilk o‘yinlar 2005-yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan. Eron esa 2009-yilda ikkinchi musobaqaga mezbon bo‘ldi. Indoneziyaning Pekanbaru shahri 2013-yilgi turnirni qabul qilgan.

Islom birdamlik o‘yinlari sportning 21ta turini o‘z ichiga oladi. Bular yengil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, o‘q otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va og‘ir atletika.

Sal oldinroq o‘zbekistonlik sportchilar Islom birdamlik o‘yinlarini g‘alaba bilan boshlashgani haqida xabar qilgan edik.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0