O‘zbekiston boks jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatdi

© uzbekistan24Shahram G‘iyosov, Oltin medal sohibi
Shahram G‘iyosov, Oltin medal sohibi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gamburgda O‘zbekiston bokschilari bir oltin, uch kumush va ikki bronza medallari sohibi bo‘lishdi. Bu jamoaning jahon chempionatlarida erishgan eng yaxshi natijasi bo‘ldi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Xalqaro havaskorlar boks federatsiyasi — AIBA tomonidan Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.

Unda O‘zbekiston bokschilari medallar sifati va soni bo‘yicha musobaqalar tarixida eng yaxshi natija ko‘rsatishdi. Eslatib o‘tamiz, musobaqalarning final bosqichiga 4 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari yetib kelishgan edi.

69 kg vazn toifasida Shahram G‘iyosov — kubalik Roniel Iglesias Gomesga qarshi ringga chiqib uning ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov — kubalik Andi Kruz Gomesga qarshi ringga chiqdi. Jang natijasiga ko‘ra hakamlar  0:5 g‘alabani kubalik bokschiga berishdi. Iqboljon esa kumush medal sohibi bo‘ldi.

© uzbekistan24Iqboljon Xoldorov
Ikboljon Xoldorov - Sputnik O‘zbekiston
Iqboljon Xoldorov

52 kg vaznda esa Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veitiaga qarshi jang o‘tkazdi. Afsuski bu safar ham omad kubalik raqibga ko‘lib boqda. Jasurbek kumush medal sohibi bo‘ldi.

49 kg vaz toifasida Hasanboy Do‘smatov kubalik Joanis Argilagosga qarshi o‘tkazgan jangida hakamlar g‘alabani 3:2 hisobda kubalik bokschiga berishdi. Hasanboy bu safr kumush medal sohibi bo‘ldi.

Shunday qilib O‘zbekiston boks jamoasi 2017-yilgi Jahon chempionatida bir oltin, uch kumush va ikki bronza medali sohibi bo‘ldi.

© uzbekistan24Hasanboy Do‘smatov
Hasanboy Dusmatov, serebro - Sputnik O‘zbekiston
Hasanboy Do‘smatov

 

Yangiliklar lentasi
0