Eksportchilar valyuta tushumini sotish majburiyatidan butunlay ozod qilindi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bankiga 2017-yilning 1-avgustiga qadar tijorat banklari hamda eksportchi xo‘jalik subyektlari orasida kerakli tushuntirish ishlari olib borishni ta’minlashni, hamda boshqa qonuniy hujjatlarni ushbu qaror bilan muvofiqlashtirish topshirildi.

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 28-iyul kuni e’lon qilingan 3157sonli qaroriga asosan mahsulot va xizmatlarni eksport qiluvchi korxonalar 2017-yilning 1-avgustidan boshlab valyuta tushumining 25% ini davlatga sotish majburiyatidan ozod qilindi. Yangi qaror prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Bunday chora, milliy eksportchi korxonalari va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini yanada rahbatlantirish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot hajmini oshirishga qaratilgan. Shuningdek ushbu islohotlar milliy valyuta kursini yanada erkinlashtirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga 2017-yilning 1-avgustiga qadar tijorat banklari hamda eksportchi xo‘jalik subyektlari orasida kerakli tushuntirish ishlari olib borishni ta’minlashni, hamda boshqa qonuniy hujjatlarni ushbu qaror bilan muvofiqlashtirish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tadbirkorlari sohasiga qarab, tushayotgan valyuta tushumining, 25, 50 yokti 75 %ni davlatga sotishga majbur edi. Ushbu yilning fevral oyida ushbu majburiyat hajmi 25%gacha qisqartirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0