TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi rezident va norezidentlari uchun safar hujjatlari(chiptalar)ni xarid qilish 2017-yil 29-avgust holatiga ko‘ra o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Jahon hamjamiyatining amaliyotida temir yo‘l tizimida yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlarini ayirboshlash jarayoni shveysariya franki asosida amalga oshiriladi. Shu bois mamlakatimizda valyuta siyosatining liberallashtirilishi safar hujjatlari(chiptalar)ning narx-navosiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi", deyiladi xabarda.
Ilgariroq GM Uzbekistan kompaniyasi so‘m devalvatsiyasidan so‘ng o‘z avtomobillari narxini oshirmasligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-sentabridan boshlab O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha dastlabki chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoniga ko‘ra mamlakat hududida barcha tovarlar (xizmatlar) faqat milliy valyuta — so‘mda baholanadi.