TOShKENT, 8 sen — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK tariflarni qayta hisoblab chiqmoqda, kompaniya aviachiptalar narxini pasaytirish niyatida.
Aviakompaniya xalqaro bozorda ishlashini hisobga olgan holda, barcha tarif va yig‘imlar xalqaro qoidalarga muvofiq ravishda e’lon qilinmoqda. Ayni vaqtda esa xalqaro savdo tizimiga yangi pasaytirilgan tariflarni kiritish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Aviakompaniya tomonidan o‘tkazilayotgan o‘zgarishlar aviachiptalar narxining keskin o‘zgarishiga olib kelmaydi, deb xabar qilingan aviakompaniya rasmiy saytida.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK aviachiptalarini MAK aviachiptalari sotiladigan ofislar hamda aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com orqali xarid qilish mumkin.