TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi Issiq-Ko‘l IIB matbuot-xizmati katta tayezlikda kelayotgan avtomobil trassadan chiqib ketib, ag‘darilganligi va yonib ketgani haqida xabar qildi.
8 sentabr, juma kuni Baliqchi-Qorako‘l trassasining 112-kilometrida Lexus RX-300 yo‘l chetiga chiqib ketib, bir necha bor ag‘darilgan va yonib ketgan. Haydovchi va uch nafar fuqaro tiriklay yongan va hodisa joyida vafot etgan.
"Mashina yonidan avtomobil ehtiyot qismlari va halok bo‘lganlarga tegishli narsalar topilgan. Shuningdek, bagajdan tushib qolgan ikki qop nasha ham aniqlangan", — deb xabar qilgan IIB matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Ayni vaqtda YTH sabablari o‘rganilmoqda.
Hodisa yuz bergan joyda hech qanday hujjat topilmagan. Faqatgina bir dona SIM-karta topilgan. Huquq-tartibot organlari sim-karta yordamida halok bo‘lganlarga tegishli ma’lumotlarga aniqlik kiritishga urinadilar.