TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekistonga Rossiya qishloq xoʻjalik vaziri Aleksandr Tkachev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Tashrif taxminan 20 sentyabrga moʻljallangan. Bu haqda Sputnik muxbiriga Toshkentda boʻlib oʻtayotgan II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida maʼlum qilindi.
Tashrif doirasidagi uchrashuvlar davomida kun tartibidagi asosiy masala Oʻzbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish mavzusi boʻlishi kutilmoqda. Bugungi kunda ikki mamlakat oʻrtasida mahsulot va transport vositalari oʻtishi chogʻida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi ("yashil yoʻlak") amal qilmoqda.
Rossiya qishloq xoʻjalik vaziri Sergey Levinning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmi yanada oshadi.
"Eslatib oʻtaman, 2016 yilda Oʻzbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish va tovar almashish hajmi ikki baravarga oshdi. Oʻsish bu yil ham davom etmoqda. Koʻrgazma yakunlariga koʻra oʻzbek meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish hajmi yanada oshishini moʻljallamoqdamiz", — dedi u.