O‘zbekistonda aviachiptalar so‘mda sotila boshladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududidan bajariluvchi barcha yo‘nalishlarga chiptalarni milliy valyutada sotish boshlangan.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari aviachiptalarni milliy valyutada sotishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“O‘zbekiston havo yo‘llari» 2017-yilning 5-sentabridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududidan bajariluvchi barcha yo‘nalishdagi qatnovlarga aviabiletlarni milliy valyutada sotishni boshladi”, — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Xabarda, shuningdek, chiptalar barcha toifadagi yo‘lovichlar, jumladan rezident va norezidentlarga ham milliy valyutada sotilishi va aviabiletlarni  kompaniyaning rasmiy saytida bron qilish va sotib olish mumkinligi aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0