Toshkent xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta ta’mirdan chiqdi

© Foto : ERIC SALARDSamolet aviakompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose v aeroportu
Samolet aviakompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan chiqdi. Shuningdek, samolyot uchish qo‘nish yo‘lagiga chiqish maydonida yangi chiroq signal jihozlari o‘rnatildi

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining birinchi raqamli uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta ta’mirdan chiqdi. Bu haqda Sputnik muxbiri "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

"Samarqand" xalqaro aeroporti yana faoliyatini boshladi

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lakning chiroq signal anjomlari to‘liq yangilanib, uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqish maydonida yangi zamonaviy chiroqlar o‘rnatildi.

Hozir yo‘lak havo kemalarni qabul qilish uchun to‘liq tayyor holatda. Kapital ta’mirlash ishlarini "Avtomagistral" pudratchi kompaniya amalga oshirdi.

Ushbu pudratchi tashkilot tomonidan yo‘lakning 50 ming kvadrat metr asfalt qoplamasi yangilandi. Barcha ta’mirlash ishlari meyoriy-huquqiy  talablar va aviatsiya qoidalari asosida havo xizmatlarning hamkorligi tufayli qisqa muddat ichida amalga oshirishga erishildi. Yangi yo‘lak xalqaro parvozlar bo‘yicha xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi" — deb ta’kidlandi aviakompaniya matbuot-xizmati.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Samarqand" xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish sun’iy qismi kapital ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu aeroport ta’mirlash uchun joriy yilning 1-31 iyul kunlari yopilgan edi.

Aeroport joriy yil 1-avgust kuni o‘z ish faoliyatini boshlab, birinchi bo‘lib Rossiya UTair aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan samolyotni qabul qildi.

Yangiliklar lentasi
0