Facebookda musulmonlarga qarshi post yozgan britaniyalikka bir yil qamoq jazosi berildi

© AFP 2023 / OLI SCARFF Rabota politsii Velikobritanii
Rabota politsii Velikobritanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk Britaniya Reksem shahrida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Kigan Jeykovlevs diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi materiallarni internetda chop etganlikda o‘z aybini tan oldi

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Buyuk Britaniya sudi Manchesterda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng mamlakatda barcha musulmonlarni o‘ldirishga da’vat qiluvchi post yozgan britaniyalik yigitga bir yil qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda RIA Novosti Independent nashriga tayangan holda axborot berdi.

Situatsiya v siriyskom gorode Aleppo - Sputnik O‘zbekiston
Iroqning Tall-Afar shahrida O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar topildi

Eslatib o‘tamiz, 22-may kuni "Manchester Arena" majmuasida amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande konserti paytida terakt sodir etilgan. Portlash hudkush Salman Abedi tomonidan sodir etilgan. Terakt oqibatida 22 kishi, shulardan 12 nafar yosh bolalar halok bo‘lishgan. Terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga olgan.

Uels shimolidagi Reksem shahrida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Kigan Jeykovlevs diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi materiallarni internetda chop etganman, deya o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Jeykovlevs Manchesterda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng ijtimoiy tarmoqda ushbu materiallarni chop etgan. Bir oz vaqtdan so‘ng postlar o‘chirib tashlangan.

"Ayblov xulosasiga asosan Jeykovlevsning bir dona xabari juda jiddiy mazmunda bo‘lgan. Chunki, u aynan Manchester portlashidan so‘ng yozilgan. Aynan o‘sha vaqtda odamlarning asablari va his tuyg‘ulari tarang holda bo‘lgan", — deb ta’kidladi Buyuk Britaniya Qirolligining prokuratura xizmati vakili.

Yangiliklar lentasi
0