TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Iroq askarlari Tall-Afar shahrini terrorchilardan tozalash davomida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonlik bo‘lgan, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari safiga qo‘shilgan yuzdan ortiq kishilarning hujjatlari topildi. Bu haqda RIA Novosti Iroq qo‘shinlari manbasiga tayangan holda xabar qildi.
Operatsiya qo‘mondoni yakshanba kuni Tall-Afar shahri terrorchilardan to‘liq ozod etilganligi haqida ma’lum qildi. Harbiy askarlarga tegishli bo‘lgan divan ichida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga tegishli hujjatlar topilgan.
"Harbiy askarlarga tegishli bo‘lgan divan ichida o‘nlab yoki yuzlab hujjatlar saqlangan. Hujjatlardagi ma’lumotlarni aniqlash uchun maxsus xizmatlarga topshirildi", — deb ta’kidladi vakil.
Agentlik "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga xorijiy jangarilarga tegishli hujjatlarga tanishib chiqish imkoni berildi. Ularda eng ko‘pi O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston shuningdek, Sudan va Xitoy fuqarolari borligi aniqlandi. Qog‘ozlar orasida fuqarolarni uyushmada bo‘lish muddatlari hamda Suriya, Iroq va Afg‘oniston turli hududlarda olib borilgan janglarda ishtirok etishi to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Tall-Afar Suriya va Iroq chegarasidagi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarlari tomonidan qurshab olingan eng yirik manzillaridan biri edi.