Arab mamlakatlari terrorchilik bo‘yicha Tramp pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashdi

© REUTERS / Carlos BarriaPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp kuni kecha Quvayt shayxi Sabax al-Axmad al-Jobir as-Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qatar bilan aloqa uzgan arab mamlakatlari AQSh prezidenti Trampning terrorchilarga moliyaviy ko‘mak berishni to‘xtatish zururligi haqidagi pozitsiyasini qo‘llab quvvatlashdi. Bu 4 ta arab davlatlarning qo‘shma bayonotida qayd etilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Inauguratsiya izbrannogo prezidenta SShA D. Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh Shimoliy Koreyadan yadroviy qurol bilan himoyalanishga tayyor

Kuni kecha Quvayt shayxi Sabax al-Axmad al-Jobir as-Sabax bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida AQSh prezidenti Tramp Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Qatar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni to‘xtatish zarurligi aytdi.

"Suadiya Arabistoni, Baxrayn, BAA va Misr AQSh prezidenti Donald Trampning pozitsiyasini yuqori baholashdi. Tramp kelishmovchiliklarni hal qilishning yagona yo‘li — bu terrorchilikni moliyalashtirish va qo‘llab quvvatlashni to‘xtatish zarurligi va inqirozni ushbu shartsiz hal qilishni istamasligi qat’iy ma’lum qildi", — deb yozilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Suadiya Arabistoni, Baxrayn, BAA va Misr iyun oyida Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishgan edi.

Qatarga terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish bo‘yicha ayblar qo‘yilgan. Keyinchalik ushbu qarorga boshqa davlatlar ham qo‘shildi. Quvayt ushbu kelishmovchilikni hal qilish bo‘yicha vositachi sifatida chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0