Sa’dullayev 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni "Prezident jamoasi"ga ishga taklif qildi

© mejdunarodniy press-klubAlisher Sadullayev
Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ilg‘or, liderlik qobiliyatlariga ega, global fikrlay oladigan, faol, tashabbuskor, kreativ va jamiyatda o‘z o‘rniga ega, o‘z loyihalarini amalga oshirgan va oshirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi vakansiya e’lon qiladi

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga zo‘r ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

"Vazirligimiz ilg‘or, liderlik qobiliyatlariga ega, global fikrlay oladigan, faol, tashabbuskor, kreativ va jamiyatda o‘z o‘rniga ega, o‘z loyihalarini amalga oshirgan va oshirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi vakansiya e’lon qiladi!", — deyilgan xabarda.

Tanlov 3 bosqichdan iborat:

— Nomzodlar qiziqishlari, yutuqlari va aniq maqsadlari ko‘rsatilgan rezume/CVlarni a.z.sadullayev@gmail.com elektron pochtasiga yuborishlari kerak.

— 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar "Yurtimizdagi maktablarda ta’lim olayotgan 1-11 sinf o‘quvchilari hayotida qanday yangiliklarni amalga oshiraman" mavzusida insho yozishi kerak bo‘ladi.

— Eng yaxshi insho mualliflari vazirlikka suhbatga taklif qilinadi.

"Buning uchun maxsus tajriba kerak emas! Bakalavr darajasi va yoshlar bilan ishlash ishtiyoqi bo‘lsa bas! Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar viloyatlar va xorijiy davlatlarga safarlar uyushtiradi va yirik davlat va xalqaro loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Bu vazifa uchun 30 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar taklif qilinadi.

Davlatnazar Ro‘zmetov - Sputnik O‘zbekiston
"Hatto prezidentni shunday kutib olishmaydi": iqtisodchi Ro‘zmetovdan Quronboyevga ochiq xat
Agar tanishlaringiz orasida ana shunday qobiliyatga ega yoshlar bo‘lsa, izohlarda ularning ism-familiyasini ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin! Rezumelar 24-avgust soat 12:00 gacha qabul qilinadi!", — deb yozgan Sa’dullayev.

Yosh vazir o‘rinbosarining bu e’loniga juda ko‘p fuqarolar qiziqish bildirgan. Feysbuk foydalanuvchilarining aksariyati, taklif etilayotgan vakansiyalarga munosib deb bilgan tanishlari ism-shariflarini post tagidagi izohlarda keltirib o‘tishgan.

Shu bilan birga yosh chegarasining "30" etib belgilangani aksariyat o‘zbekistonliklarning norozilik bildirishlariga sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0