Dunyoda

Vladimir Putin AQSH bosh kotibi Reks Tillerson "yomon jamoaga" tushib qolgan dedi

© Sputnik / Mixail Klimentyev /  / Mediabankka oʻtishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Primorskiy kray. Den tretiy
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Primorskiy kray. Den tretiy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vladimir Putin Vladivostok shahrida boʻlib oʻtayotgan Sharqiy iqtisodiy forumida nutq soʻzladi

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Vladimir Putin ilgariroq Rossiya tomonidan Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan AQSH Bosh kotibi Reks Tillerson "yomon jamoaga" tushib qolgan, deya taxmin qildi. RIA novosti xabariga asosan.

Vladivostok shahrida boʻlib oʻtayotgan Sharqiy iqtisodiy forumda soʻzlagan nutqi davomida Putin Xitoy hukumati bosh vaziri oʻrinbosarini Doʻstlik ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida farmon imzolaganini maʼlum qildi.

Prezident SSHA Donald Tramp i Gossekretar Reks Tillerson - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Prezident Tramp AQSH Davlat kotibi Reks Tillerson ishidan norozi
"Mukofotlar masalasida oʻzingiz uchun belgilab olingki, bu bizdagi oxirgi orden emas. Bunga eʼtibor qaratishingizni soʻrayman", — degan Rossiya prezidenti.

Sessiya moderatori vazifasini Gonkongda faoliyat koʻrsatuvchi Hang Lung Properties kompaniyasi raisi Ronni Chichung Chan bajargan. Majlis davomida u AQSH fuqaroligiga ega ekanligini maʼlum qilgan.

Vladimir Putin unga qarata shunday dedi: "Biz sizning hamyurtingiz janob Tillersonga ham qachonlardir Doʻstlik ordenini taqdim etganmiz. Lekin u "yomon jamoaga" tushib qoldi shekilli, boshqa tomonga burila boshladi. Umid qilamanki, hamkorlik, doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik shabadasi oxir-oqibat uni toʻgʻri yoʻlga olib chiqadi".

Yangiliklar lentasi
0