TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Joriy yil 16 sentyabr kuni Toshkentda oʻzbek-qozoq biznes forum anjuman boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Anjuman "Oʻzbekekspomarkaz" 4-chi pavilonida boʻlib oʻtadi. Forum davomida oʻzbek va qozoq kompaniya vakillarining ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iyul oyida bir qancha mahalliy korxonalar uchun mahsulotlarni Qozogʻistonga eksport qilish tartibini soddalashtirish boʻyicha farmoyish imzolagan edi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda Qozogʻiston sarmoyasi bilan tashkil qilingan 230 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Qozogʻistonda esa Oʻzbekiston sarmoyadorlari ishtirokidagi 130 ta korxona ishlamoqda.
Oʻtgan yilda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida tashqi savdo hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi. Keyingi yillarda mazkur koʻrsatkichni 2 baravarga oshirish koʻzda tutilgan.
Qozogʻiston Oʻzbekistonni 2018-2022 yillar uchun Milliy eksport strategiyasiga kiritgan edi.