TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston 2018-2022 yillar uchun Qozog‘iston Milliy eksport strategiyasiga kiritildi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
15 Avgust 2017, 14:21
Qozog‘iston iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenovning so‘zlariga ko‘ra, Ostona o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun O‘zbekistonga yuqori qiziqishdagi bozor sifatida qaramoqda.
Ushbu strategiyadan 27 ta davlat o‘rin olgan.
Davlatlar to‘rtta toifaga bo‘lingan: ustuvor, yuqori, o‘rtacha qiziqishda bo‘lgan davlatlar hamda uzoq muddatli istiqboldagi davlatlarga bo‘lingan.
Ustuvor davlatlar sifatida Rossiya va Xitoy belgilangan.
