TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Dushanbe meri Rustam Emomali shahar meriyasiga yangi xodimlarni ishga taklif qilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
Tojikiston poytaxti ma’muriyati jami 31 vakansiya bo‘yicha mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda, deyiladi xabarda.
Ishchilardan faqatgina oliy ma’lumot haqidagi diplom va ish staji talab qilingan. O‘z navbatida, Dushanbe meriyasi bo‘lajak xodimlarga 603 somoni (75 dollar)dan 895 somoni (111 dollargacha) maosh taklif qilgan.
Bo‘sh ish o‘rinlarini egallashni xohlovchilar Dushanbe meriyasiga hujjatlarni 12-mart sanasiga qadar taqdim etishlari lozimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Emomali Rahmon tomonidan Dushanbe meri etib tayinlangan Rustam Emomali o‘z oldiga shahar infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek Dushanbeda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.