Jamiyat

Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi hozir eng ijobiy davrni boshdan kechirmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugun Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida mustaqillikning 26 yilligiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashrafxanov Baxrom Boxodirovich soʻzga chiqib, jumladan, Oʻzbekiston va Rossiya munosabatlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinni egallaydi – elchi

Ashrafxanov, oxirgi chorak asrda Oʻzbekiston Rossiya munosabatlari turli bosqichlardan oʻtganini va ularning hammasi ham oson kechmaganini  aytib oʻtdi. Shu bilan birga elchi, ikki tomonlama munosabatlar hech qachon adovatli yoki qarama-qarshi boʻlmaganiga eʼtibor qaratdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya xalqaro maydonda bir-birini qoʻllab-quvvatlab kelayotganini va Rossiya Oʻzbekiston uchun uzoq muddatli, vaqt sinovidan oʻtgan strategik hamkordir ekanligi taʼkidlandi.  

“Bizning mamlakat oʻzining ittifoqchilik majburiyatlariga bundan keyin ham sodiq qoladi, Moskva bunga hech ikkilanmasligi mumkin”, — dedi elchi.

“Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligi hozir eng ijobiy va tez rivojlanayotgan davrni boshidan kechirmoqda, bizning aloqalar oʻz mazmuni boʻyicha butunlay boshqa darajaga koʻtarilmoqda”,  - dedi Ashrafxanov.

Elchining soʻzlariga koʻra, munosobatlarning bu qadar rivojlanishiga Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Aprel oyining boshida Rossiyaga boʻlgan davlat tashrifi natijalari muhim oʻrin tutgan. Ushbu tashrif natijasida ikki mamlakat orasida umumiy qiymati misli koʻrilmagan — 16 mlrd dollarni tashkil qilgan shartnomalar imzolangan va eng asosiysi ikki mamlakat prezidentlari orasida oʻzaro ishonchli shaxsiy munosabatlar oʻrnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0