Iqtisod

Surxondaryoda xitoyliklar yirik loyihaga qoʻl urishdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Mediabankka oʻtishDobыcha uglya
Dobыcha uglya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shargʻun konida toshkoʻmir qazib olish hajmi yiliga 900 ming tonnagacha yetkaziladi, hozirda bu koʻrsatkich 150 ming tonnaga yaqin

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Xitoyning "China Railway Tunnel Group va China Coal Technology & Engineering Group Corp." konsortsiumi "Shargʻunkoʻmir" AJni modernizatsiya qilish boʻyicha yirik investitsion loyihasi doirasida dastlabki tayyorlov ishlarini boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Otgruzka uglya v vagonы na shaxte - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda yangi koʻmir konlari qurilishi boshlanadi

Loyihada Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Shargʻun konida "Shargʻunkoʻmir" AJ tomonidan toshkoʻmir qazib chiqarishni yiliga 900 ming tonnagacha yetkazish koʻzda tutilgan.

2020 yilning birinchi choragida yakunlanishi koʻzda tutilgan loyihaning umumiy qiymati 94,5 mln. dollarni tashkil etadi.

Hozirda Shargʻun konida yiliga 150 ming tonnagacha koʻmir qazib olinadi. Aniqlangan koʻmir zaxiralari 30 yildan ortiqroq vaqtga yetadi. Loyiha doirasida nafaqat qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi, balki "Shargʻunkoʻmir" korxonasi ishchilari zamonaviy texnologiyalarda ishlash boʻyicha bilim va malakalarini oshirishadi.

Oʻtgan yili "China Railway Tunnel Group" kompaniyasi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aktsionerlik jamiyati Qamchiq dovonidagi tunnel orqali oʻtuvchi "Angren — Pop" elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasini amalga oshirgan.

Eslatib oʻtamiz, shu yilda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Shargʻunkoʻmir" AJning modernizatsiyasi boʻyicha farmonini imzolagan edi.

Yangiliklar lentasi
0