Jamiyat

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar haj safaridan 8 sentyabrdan boshlab qaytishadi

© Komitet po delam religiy pri KabMine RUz / Palomniki iz Uzbekistana nachnut vernutsya domoy s 8 sentyabrya
Palomniki iz Uzbekistana nachnut vernutsya domoy s 8 sentyabrya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar dastlabki reyslarda Oʻzbekistonga qaytishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Haj ibodatini amalga oshirishni niyat qilgan oʻzbekistonlik hojilar Tavofi ifoza, yaʼni Haramni tavof qilish, Safo va Marvada saʼy amallarini toʻliq yakunladilar, deb xabar bermoqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati.

Veteranы VOV otpravilis v xadj - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga joʻnab ketdilar

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar haj safaridan 8-24 sentyabr kunlari vatanga qaytadi. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar dastlabki reyslarda Oʻzbekistonga qaytishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar Makka shahridagi Haram masjididan 5000 metr uzoqlikdagi toʻrt yulduzli "Abroj al-Hidoya" mehmonxonasiga joylashganlar. Ziyoratchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Zamonaviy maxsus avtobuslar ziyoratchilarning ibodatga borib kelishi uchun 24 soat davomida xizmatda. Ular 3 mahal milliy taom, issiq choy va yaxna ichimliklar bilan taʼminlangan hamda ularga Oʻzbekistondan borgan malakali oshpazlar va shifokorlar xizmat qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0