Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga jo‘nab ketdilar

© Komitet po religiyam RUzVeterani VOV otpravilis v xadj
Veterani VOV otpravilis v xadj - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ziyoratchilar qatorida 72 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar ham haj safariga jo‘natildi

TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 430 nafardan iborat so‘nggi guruhlari Saudiya Arabistoni Podshohligiga kuzatildi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ziyoratchilar qatorida 72 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar ham haj safariga jo‘natildi. Faxriylarni kuzatish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda "Nuroniy" jamg‘armasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.

Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
73 nafar urush faxriylari Hajga bepul yuboriladi

Toshkent shahrida joylashgan "Minor" masjidida to‘plangan faxriylarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus aravachalar sovg‘a qilindi. Faxriylar Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga kuzatildi.

Ziyoratchilarga respublika ishchi guruhi tomonidan Madina shahri aeroporti va "Javharat ar-Roshid" mehmonxonasida barcha qulay sharoitlar tayyorlab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi qaroriga asosan, ilgari haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan urush qatnashchilari prezident ajratgan mablag‘ hisobidan haj ziyoratiga yuborishga qaror qilingan edi.

Ma’lumot uchun, mavsum boshidan beri jami 32 ta reysda 7155 kishi, jumladan Toshkent-Madina yo‘nalishida 2228, Namangan-Madina 3028, Samarqand-Madina 459, Urganch-Madina 206, Buxoro-Madina 412, Qarshi-Madina yo‘nalishida 822 nafar ziyoratchi Saudiya Arabistoniga yetib bordi.

Yangiliklar lentasi
0