Jamiyat

"Mir Arab" oliy madrasasida kelajakda xorijlik musulmonlarga ham taʼlim beriladi

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka oʻtishVnutrenniy dvor medrese Mir-Arab
Vnutrenniy dvor medrese Mir-Arab - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mir Arab oliy madrasasiga qabul qilingan talabalar uchun dastlabki dars mashgʻulotlari 4 sentyabr kuni boshlandi

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Mir Arab oliy madrasasiga qabul qilingan talabalar uchun dastlabki dars mashgʻulotlari 4 sentyabr kuni Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan Mir Arab oliy madrasasi binosida boshlandi, deb xabar berdi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Kecha oliy madrasaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkentdagi Islom tsivilizatsiya markazi direktori SH. Minovarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari Oʻ.Hasanboyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va kadrlar tayyorlash boʻlimi mudiri v.b. A. Doʻsmatov, Buxoro viloyati hokimi Oʻ. Barnoyev, davlat hamda nodavlat tashkilotlar vakillari va talabalarning ota-onalari qatnashdilar.

Shafig Pshixachev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Pshixachev: Mir Arab madrasasi MDH musulmonlarini birlashtirishi mumkin

Tadbirda Mir Arab oliy madrasasining oldingi maqomi yana oʻziga qaytarilganligi, bu oliygoh orqali, avvalo, xalqning diniy saviyasi koʻtarilishi, kelajakda mazkur dargohda xorijiy mamlakatlardan taklif bilan chiqqan moʻmin-musulmonlarga ham taʼlim berilishi toʻgʻrisida alohida taʼkidlandi.

Tadbir soʻngida Qurʼon tilovat qilindi va davlat ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi, yangi ochilgan oliy madrasa faoliyati borasida duoyi xayrlar qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan edi. Tadbirlarning birida prezident islom bilim yurtlari haqida shunday soʻzlarni aytgan edi: "Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sogʻlom eʼtiqod ruhida tarbiyalashda bu ilm dargohlari tayanch boʻlib xizmat qiladi".

Yangiliklar lentasi
0