AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishAmerikanskiy istrebitel
Amerikanskiy istrebitel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya 29-avgust kuni Yaponiya hududi ustidan ballistik raketa uchirgach, AQSh va Janubiy Koreya bunga javoban hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar ishtirokida katta harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar Shimoliy Koreya tomonidan ballistik raketa uchirilishiga javoban o‘tkazildi, deb xabar qldi RIA Novosti Janubiy Koreya mudofaa vazirligi mansabdor shaxslaridan olingan ma’lumotga tayangan holda.

Modifikatsiya atomnoy bombi B61-12 - Sputnik O‘zbekiston
AQSh havo harbiy kuchlari yadroviy bombani sinovdan o‘tkazdi

Xabarda aytilishicha, harbiy mashg‘ulotlarda AQShning B-1B Lancer bombardimonchi va Lockheed Martin F-35 qiruvchi samolyotlari, shuningdek Janubiy Koreyaning F-15K samolyotlari ishtirok etdi. AQShning Boeing KC-135 Stratotanker harbiy-transport samolyoti ham jalb etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlar Kanvondo provinsiyasida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 29-avgust kuni Shimoliy Koreya ballistik raketani uchirgan edi. Raketa Yaponiya hududi ustidan uchib o‘tib, Xokkaydo hududida qulagan. Raketaning 2,7 ming km masofani 14 minutda uchib o‘tgan. Raketaning maksimal tezligi 550 km/s tashkil qildi. Yaponiyaning havo va suv kuchlariga talofat yetkazilganligi haqida ma’lumotlar qayd etilmadi.

Shimoliy Koreya bunga qadar 2009-yilning aprel oyida "Tepxodon-2" raketasini Yaponiya hududi ustidan uchirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0