TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB olib qochilgan transport vositasi topilgani haqida xabar chop etdi.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda militsiya xodimlari tomonidan o‘g‘irlangan avtomobilni qo‘lga olish ishlari doirasida o‘qqa tutilganligi aks etgan video tarqalgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
"Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, mazkur avtomashina fuqarolar, yo‘lovchilar va haydovchilarga zarar yetkazmaslik maqsadida quroldan foydalangan holda harakatlanishiga chek qo‘yilib, to‘xtatildi", — deyiladi xabarda.