Toshkentda bir necha avtomobil qulfini buzib o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyatchilar qo‘lgan olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Toshkent shahrida avtomashinalarning qulflarini buzib o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi, IIBB matbuot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 2017-yil 24-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan "Ulfatlar" kafesi yonida fuqaro Raximov Zafar Talgatovichga tegishli bo‘lgan "Spark" rusumli avtomashina old chap taraf eshigi qulfini buzish yo‘li bilan ochib, uning salonidan 3,5 mln so‘mlik mulki va 15 ming so‘m pullari o‘g‘irlangan.

Shu bilan birga, 2017-yil 24-avgust kuni kechqurun muqaddam sudlangan To‘rayev Sherzod Shavkatovich Uchtepa tumanida joylashgan "O‘rikzor" bozori qarshisida fuqaro Berdiyev Jasurbek Botirovichga tegishli bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomashina yukxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda ochib, unga tegishli bo‘lgan 337 ming so‘mlik mulki va 580 ming so‘m naqd pullarini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida barcha jinoyatchilar qo‘lgan olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0