TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Haj ziyorati vaqtida shilqimlik qilgan 17 nafar shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti xalqaro axborot agentligi.
Saudiya Arabistoni politsiyasi tomonidan haj vaqtida sodir etilgan turli qonunbuzarliklar bo‘yicha 300ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
"Haj vaqtida tergov tadbirlarini amalga oshiruvchi 16ta markaz 300ta jinoiy ishlarni ko‘rib chiqqan, shu jumladan ularning 17tasi haj vaqtida shilqimlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan", — deb ta’kidlagan manba.
Bundan tashqari, saudiyachilarning politsiya xizmati haj mavsumida o‘g‘irlik bilan bog‘liq 25ta holatning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan, shuningdek huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan narkotik qabul qilib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan shaxslar ham qo‘lga olingan.
Politsiyachilar ko‘rib chiqqan jinoiy ishlar orasida shuningdek, fol ochish, so‘z bilan haqoratlash, o‘z-o‘ziga tan jarohati yetkazish, noqonuniy suv savdosi bilan bog‘liq holatlar ham bo‘lgan.