OAV: Shveysariya Yanukovichning 500 kg oltiniga qattiq qiziqib qoldi

© Sputnik / Andrey Mosiyenko / Mediabankka o‘tishUkrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich
Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shveysariya "Yanukovichning oltinlari" kelib chiqishi tarixini o‘rganishni talab qilmoqda, deb xabar qilmoqda jahon ommaviy axborot vositalari. Gap 500 kilogramm oltin haqida bormoqda

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Agar Kiyev sobiq prezident Viktor Yanukovichning yaqinlariga tegishli oltinlarning kelib chiqishi noqonuniyligini dalillay olsa, Shveysariya hibsga olingan xazinani Ukrainaga qaytaradi, deyiladi Shveysariya tashqi ishlar federal departamenti xabarida.

Ukrainaning sobiq prezidenti V. Yanukovich - Sputnik O‘zbekiston
Viktor Yanukovich ajrashdi - OAV
Sal oldin Ukraina Bosh prokurori o‘rinbosari Yevgeniy Yenin Insider internet-nashriga bergan intervyusida Yanukovichning yaqinlariga qarashli 500 kg oltin Yevropa Ittifoqida hibsga olindi, deb ta’kidlagan.

Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lutsenko esa oltinlar Shveysariyada hibsga olingani va ayni vaqtda huquq himoyachilari boyliklar Ukraina budjetiga qaytarilishi uchun bor choralarni ko‘rishayotganini ma’lum qilgan.

Ukraina hukumatining muzlatilgan aktivlari ularning kelib chiqishi noqonuniyligi sud tomonidan belgilansagina qaytarilishi mumkin.

Hozircha Ukraina sud organlari tomonidan bu aktivlarni konfiskatsiya qilish borasida sud hukmi taqdim etilmagan.

Ukrainada yuz bergan 2014-yil fevral oyidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng yangi hukumat Yanukovich va boshqa ko‘plab sobiq amaldorlarni javobgarlikka tortishga urinmoqda. Ukrainaning sobiq rahbarlariga nisbatan ochilgan ko‘plab jinoiy ishlar o‘rganilmoqda: davlat mablag‘larini o‘marish, moliyaviy maxinatsiyalar, yerlarni bosib olish va xizmat vazifasini su’iiste’mol qilish shular jumlasidan.

Mamlakatning aksariyat sobiq rahbarlari siyosiy ta’qib xavfi tufayli chet elga ketishga majbur bo‘lganlar.

Yangiliklar lentasi
0