TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich rafiqasi Lyudmila bilan ajrashdi, deb xabar qildi RIA Novosti nemis Spiegel nashriga tayangan holda.
"U 45-yil birga umrguzaronlik qilgan rafiqasi bilan ajrashdi. Hozir u sobiq oshpazining opasi bilan birga yashayapti", — deb yozgan nashr Yanukovich haqidagi materialida.
Spiegel xabariga ko‘ra, Yanukovichga to‘ng‘ich o‘g‘li Aleksandr moliyaviy ko‘mak berib turar ekan. Bu haqda Yanukovichning o‘zi aytgan.
Yanukovich va uning rafiqasi Lyudmilaning kenja o‘g‘li Viktor 2015-yilda Baykalda halok bo‘lgan.