TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkentda 8-sentabr kuni “O‘zbegim” festivali doirasida Ginnesning rekordlar kitobigi kiritiladigan, dunyodagi eng katta osh pishirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Milliy telekanali tomonidan tashkil qilingan “O‘zbegim” festivalida o‘zbek xalqining xilma-xil milliy urf-odatlari, milliy san’at asarlari namunalari, milliy taomlari taqdim etiladi.
“Festivalda takrorlanmas xalq sayllari muhiti yaratiladi. U yerda amaliy san’at asarlari namunalari, milliy o‘yinlar, urf-odatlar, folklor tomoshalar va o‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi namoyish qilinadi”, — deyilgan tashkilotchilar xabarida.
Tadbir davomida butun O‘zbekistondan kelgan 50 nafar oshpaz, 8 tonna osh pishirib, barchani mehmon qilishadi. Rekord-oshi pishirish va tarqatish jarayonida umumiy hisobda 200 nafar turli mutaxassislar ishtirok etadi.
Mega-osh pishrish uchun quyidagi miqdorda massaliq ishlatiladi: mol go‘shti – 1500 kg, qo‘y go‘shti – 400 kg, dumba – 220 kg, guruch – 1900 kg, sabzi – 2700 kg, piyoz – 220, kg, o‘simlik moyi – 440 litr, tuz – 57 kg, no‘xat - 100 kg, mayiz — 190 kg izuma, zira – 5 kg, qora murch —2 kg, kurkuma – 1 kg, suv – 350 litr.
Besh kilo zirani tasavvur qilayapsizmi???
Tashkilotchilar pishirilgan oshni qariyalar uylari va kam ta’minlangan oilalarga tarqatishni rejalashtirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Olmaliq shahrida eng katta oshni pishirish repetitsiyasi bo‘lib o‘tgandi. Unda vazni 6 tonna bo‘lgan osh pishirilgan edi.