O‘zbekistonda ulkan palov tayyorlab Ginnesning rekordlar kitobiga kirishmoqchi

© Foto : Organizatori aksiiV Uzbekistane prigotovat samiy bolshoy plov v mire
V Uzbekistane prigotovat samiy bolshoy plov v mire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu jahondagi eng katta palov tayyorlash oldidan repetitsiya bo‘lib, 8-sentabr kuni eng katta palovni tayyorlab rekord o‘rnatish va uni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritishga rasman urinish bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 18-avgust — Sputnik.17 avgust kuni Olmaliq shahrida O‘zbekistonda eng katta palov tayyorlandi, deb xabar bermoqda uznews.uz.

Xabarda aytilishicha, ekspertlar tomonidan qayd etilgan ushbu taomning og‘irligi 6 tonnadan ziyod bo‘lgan.

V Andijane prigotovili 17-ti metrovuyu shaurmu - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda uzunligi 17 metrli shourma tayyorlandi

Palov Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida maxsus tayyorlangan diametri 4,2 metrli va sig‘imi 8 ming litrli qozonda pishirildi. Qozon o‘rnatilgan o‘choqning og‘irligi deyarli 3 tonnaga teng edi.

Palov tayyorlash uchun 826 kilo mol go‘shti, 825,5 kilo qo‘y go‘shti, 195 kilo dumba yog‘i, 1650 kilo guruch ketdi. Ulkan qozonga 2,4 tonna sabzi, 185 kg piyoz, 350 litr o‘simlik moyi, 480 kg tuz, 4,5 kg zira, 165 kg zirk, 90 kg no‘xat, 3 kg qora murch solindi.

O‘zbekistonning eng taniqli 50dan ortiq oshpazi ushbu palovni pishirish uchun yig‘ilishdi. Shohona taom uzunligi 2 metrdan ortiq bo‘lgan kafgirlarda tayyorlandi.

Tayyor bo‘lgan palov tadbir mehmonlari va Olmaliqning 22 ming nafardan ortiq aholisiga tarqatildi.

Milliy telekanalining xabariga qaraganda, bu jahondagi eng katta palov tayyorlash oldidan repetitsiya bo‘lgan. 8-sentabr kuni "O‘zbegim" milliy qadriyatlar festivali doirasida dunyodagi eng katta palovni tayyorlab rekord o‘rnatish va uni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish uchun rasman urinish bo‘lib o‘tadi.

Internetdagi ma’lumotlarga qaraganda, dunyodagi eng ulkan palov 2007-yilda Xitoyning Urumchi shahrida tayyorlangan bo‘lib, uning og‘irligi 1 tonnadan ziyodroq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0