TOShKENT, 6 sen — Sputnik. 2017-yil birinchi yarim yilligida davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga o‘sdi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, inflyatsiya darajasi belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmagan.
Mahalliy budjetlarning daromadlar qismi prognozga nisbatan 103,1 foiz, xarajatlar qismi esa rejadagiga nisbatan 99,5 foiz ijro etildi.
"Milliy tiklanish" partiyasi fraksiya a’zolari mamlakatda barqaror va zamonaviy ishlab chiqarish va milliy mahsulotlar eksport ko‘lami ortib borayotgani, aholi xarid qobiliyatining tobora faollashayotgani yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sishiga xizmat qilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.